Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 140

Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvoffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi.

1234.jpg

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-noyabr kuni Agentlik binosida Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislarining axborot xavfsizligi yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Axborot xavfsizligi - davr talabi” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Boshqarmaning AKT bo‘yicha 1-toifali mutaxassisi B.Shukurov axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy tushunchalar va axborot xavfsizligiga tahdidlar hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

— “Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy harakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni madadlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Axborot himoyasi esa axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Amalda axborotni himoyalash deganda ma’lumotlarni kiritish, saqlash, ishlash va uzatishda uning yaxlitligini, foydalanuvchanligini, axborot va resurslarning konfidentsialligini saqlash tushuniladi” – deydi jumladan, ma’ruzachi.

0883.JPG

Himoya qilinayotgan axborotning asosiy 3 ta xususiyati mavjud: “Konfidentsiallik” ya’ni axborotga bo‘lgan ruxsatni faqat tasdiqlangan foydalanuvchilarning olishi, tarqatish mumkin emasligi va maxfiyligi, “Butunlik” ya’ni axborotning to‘liqligi, ma’lumotlarni faqat tasdiqlangan va bunday huquqlarga ega foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirishga ruxsat berish, va so‘ngi axborotni uchinchi xususiyati “Foydalana olishlik” tasdiqlangan foydalanuvchilarning ma’lumotlarni to‘siqlarsiz olishi tushiniladi.

Xozirgi kunda axborot havfsizligini ta’minlashda axborot havfsizligi tahdidlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish katta ahamiyat kasb etadi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo‘qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Zarar o‘lchami nuqtai nazaridan tez-tez bo‘ladigan va xavfli tahdidlarga foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Zarar o‘lchami bo‘yicha ikkinchi o‘rinni o‘g‘irlashlar va soxtalashtirishlar egallaydi.

Bunday tahdidlarni texnik va ijtimoiy-huquqiy usullarda oldini olish va ularga qarshi kurashish mumkin. Texnik usullarga fizik to‘siq qo‘yish, foydalanishni cheklash, axborotni maskirovkalash, dasturiy vositalar kirsa, ijtimoiy-huquqiy usullarga esa tashkilotda ishlab chiqilgan axborot xavfsizligi siyosati, huquqiy-tashkiliy ishlar tushuniladi.

Shuningdek, o‘quv-seminar davomida B.Shukurov tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri axborotlarni ma’naviy-ma’rifiy himoyalash usuli hamda internetdan foydalanish madaniyati xususida ham so‘z yuritildi.

Tadbir so‘nggida mavzuga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi hamda o‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollar muhokama qilindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech