Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 163

17-avgust kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi binosida Toshkent shahar boshqarmasining “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng ommaga targ‘ib qilish hamda mustaqilligimizning 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish hamda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida seminar o‘tkazildi.

0045.JPG

Seminarda Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va avtomobil transportida yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi. Tadbirga Milliy xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi, siyosiy sharhlovchi Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovich va muxbir Pardaev Ural Sadatovichlar taklif etildi.

Tadbirni Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov ochib, so‘zni O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharxlovchisi, “Shuxrat” ordeni sohibi, antik dunyo Xalqaro fanlar akademiyasi a’zosi Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovichga berdi.

Ma’ruzachi so‘zining boshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

“Keyingi besh yillikdagi taraqqiyot strategiyasi barcha sohalarni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal hisoblanadi. Unda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash jamiyatning har bir a’zosi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi”, – deydi jumladan ma’ruzachi.

0044.JPG

Shunday ekan, mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, unda ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar ijrosi to‘g‘risida jamoatchilikning xabardorligi va faol ishtirokini ta’minlash bugunning muhim vazifalaridan biridir.

Seminarda Harakatlar strategiyasining birinchi “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish”, ikkinchi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish”, uchinchi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish», to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” hamda beshinchi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” yo‘nalishida ko‘zda tutilgan vazifalar misollar bilan keng yoritib berildi.

Ma’ruza davomida yoshlarning tarbiyasiga alohida e’tibor berish kerakligi, qabix niyatli o‘zga yurt vakillari va o‘zbeklar yoshlarni aldab, islom dinini o‘rgataman, xijrat qilish kerak, yurt kezamiz digan niyatda yoshlarni turli anoqonuniy aylanma yo‘llar bilan o‘zga yurtlarga, xususan Suriya, Turkiya va Afgonistonga olib chiqib ketishayotganligini etib, yig‘ilish qatnashchilarini hushyorlikka chaqirdi.

0033.JPG

So‘ngra Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida aholi xavfsizligini va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida, yo‘l-transport xodisalarini oldini olish, xavfsizlik va yong‘inga qarshi barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni yig‘ilish qatnashchilariga belgilab berdi. Ya’ni:

bayram o‘tkazish davrida korxonalarda rahbar xodimlardan iborat kecha-kunduz navbatchilik tashkil etish;

avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifatini oshirish, texnik nosozlarini ishga chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;

avtotransport korxonalari va yoqilg‘i quyish shahobchalari hududiga begona shaxslarni kiritmaslik;

avtotransport korxonalari, avtovokzal va avtostantsiyalar xodimlarining xushyorligini oshirish, shubhali yo‘lovchilar va yuklarga alohida e’tibor qaratish yuzasidan ular bilan maxsus yo‘riqnomalar o‘tkazish;

yo‘nalishlarda ishlovchi haydovchilar tomonidan xizmat ko‘rsatish madaniyatini yaxshilash, yo‘lovchilar tashuvini nazorat qilish hamda yo‘l harakati havfsizligiga alohida e’tibor qaratish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash.

Joylarda yuqorida qayd etilgan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha javobgarlik shaxsan tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilganligi tashkilot rahbarlariga yetkazildi.

Anjuman ishtirokchilari seminar davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga qoniqarli javob oldilar.

0049.JPG

0048.JPG0051.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech