Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Iyul 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 208

O’zbekiston avtomobil transporti agentligida joriy yilning 2 iyul kuni Agentlikning 2018 yil yanvar-iyun oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Agentlik boshlig‘i D.Dexkanov ochib, Hay’at majlisining kun tartibini e’lon qilgandan so‘ng, Avtomobil transporti sohasiga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ-2724, 2018 yil 5 martdagi PQ-3584, 2018 yil 6 martdagi PQ-3589 qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-son, 2018 yil 9 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 434-son qarorlari va ushbu qarorlarda belgilangan vazifalar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

So‘ngra, 2018 yilning 6 oyi davomida avtotransport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, sohani rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan 4 ta xalqaro muntazam avtobus yo‘nalishi ochildi, yaqin orada yana 14 ta yo‘nalish ochish rejalashtirilgan. Joriy yilning I yarim yilligida respublika hududida 28 ta avtobus yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan, shundan 35 ta yo‘nalish ochildi (125%), shu jumladan 23 ta qishloqlar hududi. Ma’lumot uchun: Nurafshon shahrida shaxar yo‘nalishi va Tuyabo‘g‘iz – Toshkent avtobus yo‘nalishlari ochildi.

Joriy yilning I yarim yilligida qabul qilingan prognoz ko‘rsatkichlarga asosan 251 dona katta hajmli yuk avtotransport vositalari xarid qilinishi belgilangan bo‘lib, amalda milliy tashuvchilar tomonidan chet mamlakatlardan 448 dona shatakchi avtomobllar va 520 dona yarim tirkamalar import qilindi.

— O’zbekistonda avtomobil transporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni o‘z ijobiy natijalarini bermoqda, lekin bu borada hali imkoniyatlar ko‘lami juda keng va ulardan unumli foydalanish yo‘lida samarali ishlar davom ettiriladi – deydi, so‘z yakunida D.Dexkanov.

Shu kuni yig‘ilishda Agentlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlarining 2018 yil 6 oylik ish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotlari ham tahlil qilinib, mazkur boshqarmalarning erishgan yutuqlari e’tirof etilishi barobarida joylarda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim xato va kamchiliklar, boy berilgan imkoniyatlar atroflicha muhokama etilib, kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, Agentlik hay’ati a’zolari, boshqarma, bo‘lim va xizmatlari, hududiy boshqarmalar va tarmoq tashkilotlarining rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech