Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Aprel 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 159

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarda yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi bir qancha korxonalar tomonidan aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, ish ko‘lamini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida avtotransport parklari yangilanmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan pochta xizmatini ko‘rsatib kelayotgan "BTS Express Cargo Servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi ISUZU FVR 33 rusumli yuk avtomobili xarid qildi.

ISUZU FVR 33 rusumli o‘zi ag‘daruvchi avtomobili to‘liq massasi 15 tonna bo‘lib, 8 tonna yuk ko‘tarish kuchiga ega. Dizel yoqilg‘isida xarakatlanuvchi “o‘zi ag‘daruvchi” 4 taktli va 6 ta tsilindrli dvigatel bilan jixozlangan.

Yakkasaroy tumanida joylashgan MChJ shaklidagi "Manmoolsang Inter" xorijiy korxonasi yangi 2 ta MAN CLA 31280 rusumli maxsus kran manipulyator xarid qildi. MAN CLA 31280 maxsus avtomobili Samarqand viloyatida joylashgan “Man Auto Uzbekistan” zavodida ishlab chiqariladi.

Mirobod tumanida joylashgan "Rustam Trans Cargo" mas’uliyati cheklangan jamiyati esa yangi GAZ/330232 rusumli yuk avtomobili xarid qildi.

GAZ/330232 rusumli yuk avtomobillari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shaxrida joylashgan “Gorkovskiy avtomobilnыy zavod”ida ishlab chiqariladi. Ushbu yuk furgon avtomobili 1,5 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor “Xudayarov Baxram Achilovich” yangi ko‘p funktsiyalik MAN TGS 16.230 rusumli bortli platformali kran manipulyator avtomobili xarid qildi.

Samarqand viloyatida joylashgan “Man Auto Uzbekistan” zavodida ishlab chiqariladigan MAN TGS 16.230 maxsus avtomobili yuk ortish va tushirish, qurilish montaj va transport ekspluatatsiyasi vazifalarini bajaradi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech