Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Fevral 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 238

So‘ngi yillarda mamlakatimizda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida tovlamachilik, qonun-qoidalarni bilmasligidan foydalanib fuqarolarni aldash va moddiy boyliklarini o‘zlashtirib olish kabi holatlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

Shu kabi holatlarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, jinoyatchilikka qarshi profilaktika maqsadida Andijon viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan «Diqqat, firibgar» tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirda O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbarligida yo‘lovchi tashuvchi transport korxonalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, Boshqarma tomonidan tayyorlangan «Diqqat, firibgar», «Mening ko‘chamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak», «Litsenziyasiz yo‘lovchi tashish qonunga xilof», «Firibgarlardan ogoh bo‘ling», «Yo‘llarda bir-birimizni o‘zaro hurmat qilaylik» shiori aks etgan 620 dan ortiq plakat yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarining orqa oynalariga yopishtirildi.

– Ushbu tadbirdan ko‘zlagan maqsadimiz – viloyatimiz aholisining firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning huquqiy ongini shakllantirishdir, – deydi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i O’.Mashrapov.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech