Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 235

O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi 378-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining ijrosi doirasida o‘tgan yildan boshlab davlat boshqaruv va xo‘jalik organlari rahbarlarining hududlarda sayyor qabullar o‘tkazishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv Andijon viloyat tashuvchilari bilan bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.Ismoilov joriy yilning 1-iyun kuni Andijonga borib, viloyatdagi avtotransport sohasida olib borilayotgan ishlar, tegishli xukumat qarorlari ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 25-apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-sonli qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning amalda bajarilish jarayoni bilan qiziqdi.

Dastlab Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorining bajarilishi atroflicha muxokama qilinib,bugungi kungacha Dastur doirasida viloyat bo‘yicha joriy yilning III-IV-choraklarida 22 ta avtobus sotib olinishi va 2017-2021-yillar dasturida sotib olinishi rejalashtirilgan avtobuslardan tashqari yana 200 ta ajratib berishini aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda "onlayn" GPS rejimida masofadan kuzatish hamda Andijon shahri va tumanlar markazlari hamda shaharlarda shahar yo‘lovchi transportida yo‘l xaqqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy qilishi hususida gapirib, avtotransport sohasini yanada rivojlantirish muammo va takliflarni ochiq oydin gaplashib olish uchun yig‘ilganliklarini aytib, tashuvchilarda qanday muammolar va takliflar bo‘lsa savollar bilan murojaat qilishlarini ta’kidladi.

Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida o‘tib, tashuvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi. Jumladan, Andijon viloyati, Shahrixon tumani “Umrbod” MChJ, Vazirlar Mahkamasining 320-sonli qarori asosida “Yangi bozor” avtostantsiyasini tashkil etib, faoliyat ko‘rsatishga pasport olganligini, lekin faoliyatni boshlamasdan turib prokuratura va soliq idoralari tomonidan tekshiruv boshlanib, 10 oy bo‘lsahamki hali tugamaganligi, sabab yoki ularning maqsadlarini bilmayotganligini aytib yordam so‘radi. Andijon shahar “Platinum gold trans” MChJ, "Avtodaryotrans-Ilm"dagi o‘quv kurslarini markazlashgan holda Farg‘ona vodiysida tashkil qilinishi, borib-kelish yo‘l masofasini uzoqligi, ortiqcha harajat va yotoq masalasi qiyinchilik tug‘dirayotganli aytdi. Shahrixon tumanidagi “Naynavo savdo trans” MChJ rahbari Abdug‘aniev Abduqahxor,"Avtotransport nazorati" inspektorlari tumanlarda ham tashkil etilishini, “Vodiy bars trans elit” MChJ rahbari Sh.Madraximov, Qamchiq dovonidan ishlab chiqilganiga 15 yil bo‘lgan yuk avtomobillarini harakatlanishiga ruhsat berish to‘g‘risidagi xujjat imzolanidimi degan savollarga Agentlik boshlig‘i tomonidan batafsil javob berildi.

Uchrashuvda Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov viloyatdagi barcha tashuvchilarni yagona uyushma tarkibda faoliyat olib borish taklifini kiritdi. Bu ish oson kechmasligi, tez va sifatli yo‘lga qo‘yilmasligini atroflicha tushuntirib, faoliyatni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi negizida boshlab berilishini tushuntirib o‘tdi.

So‘ngra, so‘z navbati Andijon viloyat MXX hodimi D.Tojiboevga berildi. U o‘z ma’ruzasida, viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi 2724-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalariga yo‘l kira xaqlarini elektron tarzda amalga oshirish maqsadida “Validator”lar berilganligi va bu qurilmalarni muntazam tizimli ravishda ishlashini ta’minlash yuzasidan Agentlikning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda shahar ko‘chalari qo‘shma reyd tadbirlari tashkil etilganligi to‘g‘risida gapirdi.

O’tkazilgan reyd tadbirlarida Andijon shahri ko‘chalarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari xaydovchilari tender bitimlariga asosan belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishi kerakligi, haydovchilar davlat idoralari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunishlari, so‘ralganda tegishliligi bo‘yicha hujjatlarni taqdim qilish kerakligi to‘g‘risida tushuntirdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech