Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 Iyul 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 200

Joriy yilning 27-iyul kuni Agentlikda Toshkent shahar boshqarmasining boshoqli don ekinlari hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olishga doir yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov ochib berdi.

0016.JPG

Sh.Shovahobov tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “2017-yil boshoqli don ekinlari hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2974-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 03/1-1062-sonli topshirig‘i, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2017-yil 19-maydagi 161-sonli buyrug‘i bajarilishini hamda 2017-yil g‘alla mavsumini o‘z vaqtida uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alla hosilini nobudgarchiliksiz don qabul qilish maskanlariga yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatiining Quyi Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Xususan, Toshkent viloyati, Quyi-Chirchiq tumanining 14200 gektar dala maydonlariga boshoqli don ekinlari ekilgan bo‘lib, 32000 tonna don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan va amalda joriy yilning 7 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar, Toshkent shahridan jalb etilgan jami 628 ta avtotransport vositalari yordamida amalda 13900 gektar dala maydolaridan 33100 tonna (103%) don ekinlari hosili yig‘ishtirib olinib, nobudgarchiliksiz don qabul qilish maskanlariga yetkazib berilishi ta’minlandi.

0009.JPG

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanining 11820 gektar dala maydonlariga boshoqli don ekinlari ekilgan bo‘lib, 31613 tonna don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan va 17 iyun kunidan 11 iyul kuniga qadar, Toshkent shahridan jalb etilgan jami 609 ta avtotransport vositalari yordamida amalda 9780 gektar dala maydonlaridan 32561 tonna (103%) don ekinlari hosili yig‘ishtirib olinib, nobudgarchiliksiz don qabul qilish maskanlariga jami 1237 ta avtotransport vositalari yordamida amalda 23680 gektar dala maydolaridan 65661 tonna yetkazib don ekinlari hosili yig‘ishtirib olinganligi haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishda amaliy yordam tariqasida jalb etilgan avtotransport vositalari sabab don ekinlari nes-nobudgarchilikchiz yig‘ishtirib olinganligi e’tirof etilib, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari hokimliklari tomonidan minnatdorchilik tariqasida tashakkurnomalar berilganligi aytib o‘tildi.

So‘z so‘ngida Sh.Shovahobov korxona va tashkilot rahbarlariga ulkan xizmatlari uchun Agentlik nomidan minnatdorchilik bildirdi va ularning kelgusi ishlarida omad, oilaviy baxt va tinchlik tilab, ushbu yaxshi tilaklarni xodimlariga (haydovchilarga) yetkazib qo‘yishlarini, sababi asosiy ishni ekin maydonlarida issiq kunda katta xajmli yuk avtomobillarida don hosilini haydovchilar don omborlariga yetkazib berganliklarini etirof etib o‘tdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech