Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Oktabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 122

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boshqarmalariga avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘basining 1-toifali inspektori vakant lavozimini egallash uchun tanlov e’lon qiladi


Diqqat!!! Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Boshqarma lavozimlariga tayinlanish uchun davlat tili va rus tilini mukammal egallagan, sog‘ligi bo‘yicha yaroqli va Malakaviy talablarga mos fuqarolar tanlovda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

ma’lumoti bo‘yicha:

texnik, iqtisodiy yoki yuridik sohalarda oliy ma’lumot yoki avtomobil ixtisosligi bo‘yicha o‘rta-maxsus;

Tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

yozma ish (diktant);

individual-psixologik o‘rganish.

kasbiy vakolati bo‘yicha:

tashabbuskorlik, hushmuomalalik, aql-mulohaza bilan ish yuritish, tashkilotchilik, ahloqiylik, korruptsiyaga nisbatan murosasizlik;

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

a) Namunaviy shakl bo‘yicha shaxsiy ariza;

b) pasport nusxasi (asli tanlovga kelgan vaqtda taqdim etiladi);

v) mehnat daftarchasi nusxasi (birinchi marta ishga qabul qilinayotganlar bundan mustasno);

g) ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

d) tibbiy muassasa tomonidan sog‘ligi to‘g‘risida berilgan №086-U shakldagi ma’lumotnoma;

e) narkologik, teri va venerologik kasalliklar, shuningdek ruhiy va asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;

j) Malakaviy talablarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda o‘z qo‘li bilan to‘ldirilgan va imzolangan anketa, unga ilova qilingan 3x4 o‘lchamdagi

4 dona rasm.

Ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (bundan buyon matnda – Agentlik deb yuritiladi) tomonidan o‘rnatiladi.

Ishga qabul qilinayotgan shaxslar lavozimga uch oygacha sinov muddati bilan mehnat shartnomasiga muvofiq tayinlanadi.

Barcha toifadagi xodimlarga:

o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki bajarmaslik uchun begona shaxslardan mukofot yoki xizmatlar qabul qilish;

qarindoshlar, tanishlar va boshqa shaxslar iltimosi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tiborsizlik bilan qarash;

Agentlikni obro‘sizlantirishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan aloqada bo‘lish;

Agentlikka tegishli moddiy-texnik va axborot ta’minoti vositalarini, moliya vositalari va boshqa mulklardan, lavozim vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek xizmatga oid ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi.


O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining Avtomobillarda tushuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘balarida lavozimni egallash uchun nomzodlar tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2017-yil noyabr-dekabr oylarida konkurs tanlov o‘tkazish

JADVALI

T/r

Hududlar

Konkurs tanlov o‘tkazish sanasi

Konkurs tanlov o‘tkazish joyi va telefon raqamlari

1

Andijon viloyati

11-noyabr

Andijon shahri, Amir Temur ko‘chasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0374) 298-06-52,298-06-53 www.autotrans.uz.

2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

14-noyabr

Nukus shahri, A.Tatibaev ko‘chasi, 5 uy O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0361) 222-64-14, 222-47-77 www.autotrans.uz.

3

Xorazm viloyati

15-noyabr

Urganch shahri, Yoshlik ko‘chasi, 1-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi binosi. Mo‘ljal: Avtovokzal shox bekati 

Ma’lumot uchun telefonlar (0862)224-70-89, www.autotrans.uz.

4

Surxondaryo viloyati

22-noyabr

Termiz shahri, Taraqqiyot ko‘chasi, 42A-uy O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0376)223-21-71

5

Qashqadaryo viloyati

23-noyabr

Qarshi shahri, G’uzor ko‘chasi, 12 uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0375) 221-14-68 www.autotrans.uz.

6

Samarqand viloyati

28-noyabr

Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 69 uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0366) 233-31-38, 233-75-11www.autotrans.uz.

7

Buxoro viloyati

29-noyabr

Buxoro shahri, Oq machit ko‘chasi, 1-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0369)

227-83-54,227-77-44 www.autotrans.uz.

8

Sirdaryo viloyati

5-dekabr

Guliston shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 64-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar

(0367)225-24-26 www.autotrans.uz.




Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech