Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Aprel 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 280

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida 31-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hay’ati majlisining 2017-yil 18-yanvardagi 1–sonli bayoni hamda Agentlik boshlig‘i tomonidan 2017-yil uchun Fuqaro muhofazasi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda Fuqaro muhofazasi muhandislik – himoya inshootlarining himoyalanuvchilarni qabul qilishga tayyorgarligi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

0237.JPG

Seminarni Agentlikning Apparat rahbari — ishlar boshqaruvchisi X.Ikromov kirish so‘zi bilan ochib, so‘z navbatini O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutining o‘qituvchisi Nazokat Saidxanovaga berdi. Maruzachi o‘z nutqida respublikamizda “Tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda Fuqaro muhofazasi muhandislik – himoya inshootlarining himoyalanuvchilarni qabul qilishga tayyorgarligi bo‘yicha” amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

0244.JPG


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi 427-sonli va “Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi 455-sonli Qarorlari bilan tanishtirdi.

Ma’ruza davomida mashg‘ulot ishtirokchilariga turli mintaqalarda yuz bergan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida axborot berildi, ularning sabablari va oqibatlari ustida to‘xtalib, mintaqalarda yuz bergan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi slaydlar namoyish etib berish barobarida sharxlab bordi.

Seminarda Agentlik Markaziy apparati, ATRNTT Respublika markazi, Avtodaryotrans-Ilm davlat ilmiy-metodik markazi, Agentlikning Toshkent shahri hududiy bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar so‘ngida mavzu yuzasidan yig‘ilganlar savollariga N. Saidxanova tomonidan batafsil javoblar berildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech