Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Mart 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 399

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi va joriy yil 3-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishish maqsadida O’zbekiston avtomobil transporti agentligi xodimlari Samarqand viloyatiga safar uyushtirdilar.

Jumladan Agentlikning 60 nafar xodimi 20-mart kuni Samarqand viloyatidagi muqaddas Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning maqbarasi, Registon maydoni, Sherdor madrasasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim majmuasi va Samarqand shahrining boshqa qadamjoylarini ziyorat qilishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech