Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 157

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari mas’uliyatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi 378-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni kuchga kirdi. Qonun ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining hududiy boshqarmalarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan joriy yilning 23-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilganligi munosabati bilan Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov Farg‘ona viloyatida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tashuvchilar raxbarlari va tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Yig‘ilishni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Umirzaqov ochib kun tartibini e’lon qilgandan so‘ng, so‘z navbatini Agentlik boshlig‘i V.Ismailovga berdi.

Agentlik boshlig‘i yig‘ilish qatnashchilariga avtotransport sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga va yo‘lovchilarga qulay shart–sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ–2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 25-aprelda qabul qilingan “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarorlarini mazmun mohiyatini hamda ushbu qarorlarni avtotransport sohasi rivojiga katta hissa qo‘shishi kutilayotgani to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga batafsil ma’lumot berdi.

So‘ngra, Agentlik boshlig‘i tashuvchilarning bugungi kundagi ish faoliyatlarida, yuk va yo‘lovchi tashishda vujudga kelayotgan muammolarni va ularni bartaraf qilish uchun takliflarni ochiq oydin gaplashib olish uchun yig‘ilganliklarini aytib, savollar bilan murojaat etishlarini ma’lum qildi.

O’z navbatida, Gaipov Nizomiddin, Farg‘ona shahar, 6-Soybo‘yi MFY, Yormozor ko‘chasi 1-uy, “Zebuniso Fayz invest” MChJga qarashli “Farg‘ona avtostantsiyasi” ta’sischisi, bir necha yillardan beri faoliyat ko‘rsatmayotgan avtostantsiyani faoliyatini boshlashga amaliy yordam berishlarini, Ubaydullaev Raxmatullo, O’zbekiston tumani, Jangir qishlog‘i, “Avtohamkor Yaypan” MChJ, harakat xavfsizligi muxandisi, tender tanlovlarida qatnashayotgan ayrim tadbirkorlar tender takliflarida yo‘l kira narxlarini arzon ko‘rsatib, tender g‘olibi bo‘layotganligi va shuni aniq narxi belgilanishini, Kamalov Adxam, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 6b-uyda faoliyat ko‘rsatayotgan “Farg‘ona Avtoxizmat” MChJ bosh direktori, viloyat yo‘lovchi tashish ishini boshqarish komissiyasining ishi to‘g‘ri tashkil qilinmayotganligi, namunali xizmat ko‘rsatib kelayotgan yo‘nalishlarni tender bitimlarini uzaytirib berish to‘g‘risidagi xatlar ijobiy xal qilinmay bitimlar muddatlarini uzaytirib bermasdan, balki ochiq tender tanloviga qo‘yilgani, komissiya tomonidan tender talab va shartlari bajarilishini nazorat qilmayotganlini, Sadiqov Shukurullo, Marg‘ilon shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Marg’ilon Real Trans” MChJ direktori, ijara asosida olingan yuk avtomobillarini kunlik to‘lovlari korxonalarda har hil miqdorni tashkil etilayotganini, ba’zi korxonalarda haydovchilarga to‘liq oylik maosh berish, soliq to‘lovlarini to‘lab borish uchun ayrim korxonalar olayotgan kunlik to‘lovlar yetmasligini aytib o‘tdi. Yakka tartibdagi tadbirkor Mehmonov Nodir, yakka tartibdagi tadbirkorlarga dizel yoqilg‘isi fondi ajratilmayotganligi, “Qamchiq” dovonidan ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshgan yuk avtomobillarini o‘tishiga ruxsat berilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Sayyor yig‘ilishda tadbirkorlar tomonidan berilgan barcha savollarga va takliflarga Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov tomonidan javob berildi.

Aytib o‘tish joizki, mana shunday ochiq oydin tarzda tashkil etilayotgan sayyor uchrashuvlar mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar, sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishga berilayotgan e’tibor va qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirishga xizmat qiladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech