Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Aprel 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 295

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.Ismoilov Xorazm viloyatidagi avtokorxona rahbarlari va mas'ul xodimlari bilan joriy yilning 4-aprel kuni sayyor yig‘ilish o‘tkazdi.

Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov yig‘ilishni ochar ekan, avtotransport sohasini yanada rivojlantirish, muammo va takliflarni ochiq oydin gaplashish maqsadida yig‘ilganliklarini aytib o‘tdi.

0113.JPG

Dastavval Agentlik boshlig‘i V. Ismoilov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2724-son qaroridan so‘z ochib, ushbu hujjat ijrosi doirasida Xorazm viloyatida amalga oshirilajak ishlar, jumladan, viloyat aholisi uchun yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish, yangi avtostantsiya qurilishi, yangi yo‘nalishlarni ochish, yo‘lovchi tashish transportida yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish kabi vazifalarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, tadbirkorlar tomonidan birin-ketin Agentlik boshlig‘iga savol va takliflar berila boshlandi.

Jumladan, Urganch shahridagi “Jasurbek yo‘lovchitashish” MChJ ta’sischisi Atajanov Atanazar avtokorxonalarning rahbarlari, harakat xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda avtotransportda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning malaka oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini Xorazm viloyatida o‘qitilishi, avtomobil transportida yuklarni va yo‘lovchilarni shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashish faoliyatiga litsenziya varaqalarini Xorazm viloyat xududiy bo‘limi orqali amalga oshirilishini, “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib sug‘urta polislari muddatini litsenziya varaqasining amal qilish muddatigacha rasmiylashtirilishida amaliy yordam berilishini so‘radi.

0108.JPG

Urganch shahridagi “Xorazm Fovarit trans” MChJ raisi Matchanov Shavkat avtotransport sohasida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan, avtotransport sohasida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni avtokorxona rahbari sifatida attestatsiyadan o‘tkazishga ruxsat berilishini, Yangiariq tumanidagi “Yangiariq trans” MChJ rahbari J.Qutliev 2 ta yuridik shaxs o‘rtasida avtotransport vositasini ijara shartnomasi tuzishda notarial tartibda amalga oshirilishi belgilan bo‘lib, shunday shartnomalarni notariussiz tuzilish taklifini berdi. Yo‘nalishsiz taksilar qaysi tumandagi avtokorxonaga tegishli bo‘lsa, tashqari chiqmasdan shu tuman yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish tartibini yo‘lga qo‘yish, Xiva tumanidagi “Qora ko‘z trans” MChJ buxgalteri R.Ro‘zmetov jamiyatga olinayotgan 20 ta yengil taksilarni olishda shartnomalar tuzish uzoq muddatga cho‘zilayotganligini, «Taksi lider trans» MChJ ta’sischisi U.Abduraxmanov taksometrlarni sotib olish xar xil narxda sotilayotganligini, bir joydan markazlashgan holda pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishni tashkil qilib berishlarini, Gurlan tumanidagi “Gurlan avtoxizmat” MChJ rahbari X.Yuldashev har bir tumanda bittadan ixtisoslashtirilgan avtokorxona qurish va uni bazasini shakllantirish bo‘yicha yer o‘rni olishda, qurilish uchun imtiyozli kredit ajratilishini yo‘lga qo‘yish taklifini berdi.

Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov murojaat qilgan barcha tashuvchilarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Yig‘ilish yakunida “Jasurbek yo‘lovchi tashish” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Atanazar Atajonov tadbirkorlar bilan sayyor yig‘ilish o‘tkazib avtotransport sohasida keng tushuntirishlar berganligi va soha rivojiga katta hissa qo‘shilayotganligidan mamnun bo‘lib yig‘ilish qatnashchilari nomidan Agentlik rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Yig‘ilishga Xorazm viloyatidagi avtokorxonalar rahbar va ma’sul xodimlaridan iborat 87 nafar kishi ishtirok etdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech