Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Mart 2019 | Manba: Axborot xizmati 356

Joriy yilning 27-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i R.Ro‘zmetov, Vazirlik boshqarma boshlig‘i A.Isaev, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov hamda litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Sh.Shovahobov va Rossiya Federatsiyasi “Yandeks” kompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Anton Petrakov raisligidagi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga Davlat soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosari Xotambek Shakirov soliq stavkalarida kiritilishi ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Muhokamalar chog‘ida yo‘nalishsiz taksi faoliyatini yanada takomillashtirish, qonun xujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatishni amalga oshirish, tashishlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O’z navbatida, Anton Petrakov “Yandeks” kompaniyasining faoliyati va to‘plagan tajribasi xususida so‘zlab berdi. Bundan tashqari MDX davlatlaridagi faoliyati misolida fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanish soddalashtirilishi ko‘zda tutilgan qonun xujjatlari loyihasi ishlab chiqilayotganligi takidlab o‘tildi.

Muzokaralar natijasida yaqin kelajakda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini takomillashtirish yo‘lida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ochiq va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama etildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech