Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Mart 2019 | Manba: Axborot xizmati 92

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi 3584-sonli “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan milliy tashuvchi "Uzautotrans Service" MChJ va Qozog‘istoning "KazAvtoTrans" korxonasi “Toshkent- Ostona- Toshkent” yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur yo‘nalish masofasi 1646 km bo‘lib, yo‘lovchilar 27 soat 30 daqiqqada manziliga yetkaziladi. Yo‘l haqi 312 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda Qozog‘iston tomonidan SCANIA O’zbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Ostonadan avtobuslar Qozog‘iston vaqti bilan 15:00, 16:00, 17:00, 18:00 da yo‘lga chiqadi. poytaxtimiz Toshkentdan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da jo‘nab ketadi. 10-mart kunidan e’tiboran mazkur yo‘nalishda har kuni 1 tadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur yo‘nalish bevosita Qozog‘istoning Qarag‘anda shahri orqali o‘tadi. Aynan bu yerda ham yo‘lovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qarag‘anda shahrigacha yo‘lkira narxi 260 000 so‘mni tashkil etadi.

Shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasiga "Toshkent-Chimkent", "Toshkent- Olmaota, "Toshkent- Qizil O’rda", "Toshkent-Turkiston", "Nukus-Ushkunur", "Chirchiq-Ushkunur" yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro avtobus qatnovlarining ortib borishi davlatlar o‘rtasida aholi qatnovini ko‘paytirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuingdek, qo‘shni davlatlarning savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki beradi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech