Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Yanvar 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 100

Inson uchun eng manfaatli bo‘lgan narsalardan biri bu kitobdir. Aynan kitob shaxsni kamolotga yetaklab uni yetuklik sari undaydi. Shuning uchun ham mana necha ming yillardan buyon kitob o‘zining qadr- qiymatini yo‘qotmay kelyapti. Hatto bugungi texnika va texnologiya shiddat bilan rivojlangan, hayotimizning barcha sohasiga kirib kelgan bir payitta ham kitobning o‘rni o‘zgacha.

4.jpg

Bugun mamlakatimiz Prezidentining shaxsan rahbarligida kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan Boshqarmada yosh kadrlarni erkin mavzuda badiiy asarlarni mutolaa qilish va xodimlarga taqdimot ko‘rinishida tadbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida 23-yanvar kuni navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Boshqarmaning bosh mutaxassisi B.Shukurov jaxon adabiyoti tarixidagi yirik siymolardan biri ingliz yozuvchisi, dramaturg Uilyam Uilki Kollinzning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qildi hamda o‘zi mutolaa qilgan yozuvchining “Oytosh” nomli romanini yig‘ilish qatnashchilariga so‘zlab berdi.

Uilki Kollinz 1824-yil 8-yanvarda Londonda mashhur Landshaft rassomi Uilyam Kollinz oilasida tug‘ilgan.

2.jpg

U uyda ta’lim oldi, so‘ngra maxsus maktabda o‘qidi. Italiya va Frantsiyadagi qarindoshlari bilan italyan va frantsuz tillarida ta’lim oldi. Kollinz so‘ngra, Linkolnz-Innnomidagi universitetda taxsil oldi va huquqshunoslikni o‘rgandi.

Uilki Kollinz qalamiga mansub “Oytosh” romani taniqli adabiyotshunos olim, tarjimon Ozod Sharofiddinov tomonidan asarning ruscha tarjimalaridan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Asar jahon adabiyoti jurnali sahifalarida nashr etilgan.

Oytosh– romani 1866-yilda yozilgan bo‘lib, birinchi detektiv janrdagi yozilgan romandir. Shu sababli Uilki Kollinz detektiv janr asoschisi deb ham yuritiladi. Jaxonga mashhur adabiyotshunos Eliot Tomas tarifiga ko‘ra “Oytosh” romani inglis adabiyotidagi eng uzun va eng yaxshi detektiv janridagi romandir.

Roman birinchi marotaba Charlz Dikkensning “All the year round” jurnalida chop etilgan. Roman uzoq yillar mumtoz detektiv janr asarlari uchun namuna bo‘lib qoldi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech