Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Oktabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 49

Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi «Asil Javohir Bek» mas’uliyati cheklangan jamiyati kredit mablag‘lari hisobiga avtotransport parkini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari tashkil qildi.

Joriy yildan Xorazm viloyati, Xonqa tumanida ish faoliyatini boshlagan «Asil Javohir Bek» mas’uliyati cheklangan jamiyati "Qishloq Qurilish Bank"ning Xorazm viloyat filialidan 816 million so‘m kredit olib, bu mablag‘larni 4 ta «GAZ-A65R33-60» rusumli mikroavtobus xarid qilishga sarfladi.

– Ushbu mikroavtobuslarning yo‘lovchilar sig‘imi 17 ta o‘rindiqdan iborat. Yangi avtotransport vositalari sotib olinishi natijasida korxonamizda 7 ta ish o‘rni tashkil etildi. Mikroavtobuslar «Toshkent – Urganch» yo‘nalishida muntazam yo‘nalishli taksi xizmati ko‘rsatishni boshlagach, korxonamiz o‘z faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yadi. Yo‘lovchi tashish xizmatidan tushgan mablag‘ evaziga to‘rt yil muddatga olingan kreditni 2022-yilga qadar foizlari bilan bankka qaytarishni rejalashtirganmiz, – deydi korxona rahbari B. Matchanov.

Korxona rahbarining ma’lum qilishicha avtotransport parkini yangilab, shu orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida «Gazel» mikroavtobuslaridan 2019-yilda yana 2 ta sotib olinadi.

Korxona yangi ishni boshlash jarayonida moddiy-texnika bazasini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, barcha shart-sharoitga ega garaj, texnik va tibbiy ko‘rik majmuasi qurilib, ishga tushirildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech