Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Oktabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 205

O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida O’zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi kasaba uyushmasi ish faoliyati, ishchi xodimlarning mehnat munosabatlari bilan bog‘liq qoidalari, xavfsizlik masalalari, yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha yo‘lovchi tashish qoidalari hamda viloyatda noqonuniy yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan huquqbuzarliklarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i R.Babaev ochib yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibida ko‘riladigan masalalar bilan tanishtirar ekan sohani rivojlantirishda bir yoqadan bosh chiqarib ishlash, ayniqsa yo‘lovchilarga avtotransport xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga qaratilishi kerakligini ta’kidlab so‘zni bosh mutaxassis A. Ismailovga berdi.

- “Yo‘lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo‘yiladigan talablar, muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda tender kontraktiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga ega bo‘lishi, tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga), yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga, yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga, qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan” – deya o‘z ma’ruzasini boshladi A.Ismailov.

Yo‘nalishli taksi GAZEL va DAMASlar ham avtobuslardagi kabi yo‘lovchilarga chipta berishi shart. Bu qoidalarni buzish soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda jarima jazolari qo‘llanilishi belgilananligini, shuningdek tender kontrakti bo‘yicha tashuvchining majburiyatlari bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Abidov so‘zga chiqib yig‘ilish qatnashchilarini “Avtotransport xodimlarini kasb bayrami kuni” bilan qizg‘in muborakbod etdi.

“Avtotransport xodimlarini kasb bayrami kuni” munosabati bilan Avtotransport sohasidagi fidokorona mehnati ishda erishayotgan yutuqlari va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun, avtomobil transporti sohasi xodimlari kunini yuqori saviyada o‘tkazish, soha vakillarini tantanali vaziyatda rag‘batlantirish, g‘alla, paxta hosillarini va boshqa xalq xo‘jaligi yuklarini tashishda, aholiga yuqori madaniyatli va sifatli yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatayotgan tashuvchi va haydovchilarga O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Babaev tomonidan faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Abidov Agentlikning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari hamda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari qatnashdilar.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech