Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 177

Litsenzyialarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

I. Buxoro viloyatidagi korxonalarga berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya shartnomasi talablari va shartlari buzilganligi sababli O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 10 avgustdan boshlab 10 (o‘n) ish kuniga to‘xtatib turiladi. Litsenziatlar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni shu muddat ichida bartaraf etish majburiyati yuklatiladi:

1. «Dovud Mironshox Trans servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT-0040261 raqamli litsenziya;

2. «Enter Machineries Service» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0031829 raqamli;

3. «G`ijduvon Zarafshon Rahmon» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish huquqini beruvchi AT 0037150 raqamli litsenziya;

4. «Islombek Diyorbek Doniyorbek» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0032602 raqamli;

5. «Lochin-Akram Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish huquqini beruvchi AT 0037487 raqamli;

6. «Usmon Sher Shamshod» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0040314 raqamli;

7. «Nurillo O'ral trans» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0034449 raqamli;

8. «Nurmuxammad Omad Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0032279 raqamli;

9. «Parvoz Quruvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0035406 raqamli;

10. «Saodat Farog'at Jur'at Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0035165 raqamli litsenziyalar.

II. «Avalon Logistik» MChJga berilgan va Komissiyaning 2017 yil 4 iyuldagi 6-T-sonli majlis bayoni asosida 10 ish kuniga to‘xtatilgan litsenziya, «Asil Bahor» MChJga berilgan va Komissiyaning 2017 yil 4 iyuldagi 6-T-sonli majlis bayoni asosida 10 ish kuniga to‘xtatilgan litsenziya hamda «Sharif Kamol» XKga tegishli, Komissiyaning 2017 yil 5 iyundagi 2-T-sonli majlis bayoni qarori bilan 10 ish kuniga to‘xtatilgan litsenziyalarning amal qilishi, litsenziatlar tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 8 avgustdan qayta tiklanadi.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 8 avgustdagi 12T-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).

Namangan viloyatidagi «Gold wing service» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtotransport vositalariga berilgan quyidagi litsenziya varaqalarining amal qilishi litsenziat tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 29 iyuldan qayta tiklanadi:

– GAZ-322132-2288 rusumli, 50V297LA davlat belgili avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2017 yil 30 maydan 2018 yil 13 fevralgacha bo‘lgan AT 2015182 raqamli;

– GAZ-32213 rusumli, 50A380MA davlat belgili avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2017 yil 30 maydan 2017 yil 29 avgustgacha bo‘lgan AT 2015185 raqamli litsenziyalar.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namangan viloyat boshqarmasi Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 28 iyuldagi 486-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).

«Largus Trans Servis» MChJga (STIR №302879914) berilgan
AT 0034332, AT 0034991 hamda AT 0034992 raqamli litsenziyalarning amal qilishi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 12 iyuldagi 1001-1712/1902-sonli ish hal qiluv qarori bilan 3 oy muddatga to‘xtatildi.

«Sprint Comfort» MChJga (STIR №303273465) 2017 yil 20 aprelda berilgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda tashish huquqini beruvchi AT 0042161 raqamli litsenziyaning amal qilishi Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 28 iyuldagi 2001-172/517-sonli ish hal qiluv qarori bilan 3 oy muddatga – yo‘l harakati xavfsizligi mas’ul xodimi vazifasiga mas’ul shaxs tayinlanib, belgilangan tartibda Agentlikda attestatsiyadan o‘tgunga qadar to‘xtatildi.

«Kogon Adler Servis» MChJga (STIR №302528179) 2013 yil 23 avgustda berilgan avtomobil transportida yuklarni shahar atrofida tashish huquqini beruvchi AT 0032053 raqamli litsenziyaning amal qilishi Buxoro viloyati Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 24 iyuldagi 2002-171/775-sonli ish hal qiluv qarori bilan tugatildi.

«Kogon-neftgazstroyremont» MChJga (STIR №300481984) 2015 yil 28 mayda berilgan avtomobil transportida yuklarni shahar atrofida tashish huquqini beruvchi AT 0036559 raqamli litsenziyaning amal qilishi Buxoro viloyati Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2017 yil 24 iyuldagi
2002-171/774-sonli ish hal qiluv qarori bilan tugatildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech