Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Mart 2017 | Manba: O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 35

Litsenzyialarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

Sabirov Alisher Djumabaevichga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini beruvchi AT 0037306 raqamli litsenziyaning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Avtomobil transportida shaharlararo va xalqaro tashish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi qaroriga asosan).

«Ibragimov Xusan Nosirovich» xususiy korxonasiga (Toshkent shahri, Yunusobod tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2013 yil 24 iyundagi 602-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2013 yil 28 iyundan 2018 yil 27 iyungacha bo‘lgan AT 0031474 raqamli litsenziyaning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar hududiy bo‘limi Avtomobil transportida yuklarni shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 10 martdagi 851-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).

«Yangiqo’rg’on Trans Servis» MChJga yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2012 yil 13 maydan 2017 yil 12 maygacha bo‘lgan AT 0022207 raqamli litsenziyaning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 7 martdan qayta tiklanadi.

(Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Namangan viloyat hududiy komissiyasining 2017 yil 7 martdagi 460-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).

«Yellow Group» shu’ba korxonasiga yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda shahar ichida tashish uchun berilgan, amal qilish muddati 2015 yil 29 iyundan 2020 yil 28 iyungacha bo‘lgan AT 0036287 raqamli hamda yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda shahar atrofida tashish uchun berilgan, amal qilish muddati 2015 yil 29 iyundan 2020 yil 28 iyungacha bo‘lgan AT 0036288 raqamli litsenziyalarning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 6 martdan boshlab 10 (o‘n) ish kuniga to‘xtatib turiladi.

(«O’zavtodaryotrans» agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi Avtotransport sohasida shahar va shahar atrofida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 3 martdagi 6 sonli yig‘ilish qaroriga asosan).

Toshkent viloyatidagi korxonalarga avtotransport faoliyati uchun berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 10 ish kuniga to‘xtatib turiladi:

1. «Dilbek Trans» MChJga (Toshkent viloyati, Parkent tumani) yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2016 yil 24 martdan 2021 yil 23 martgacha bo‘lgan AT 0038856 raqamli va yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2016 yil 24 martdan 2021 yil 23 martgacha bo‘lgan AT 0038857 raqamli;

2. «Edinorog Trans» MChJga (Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani) yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2016 yil 12 maydan 2021 yil 11 maygacha bo‘lgan AT 0038898 raqamli va yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2016 yil 12 maydan 2021 yil 11 maygacha bo‘lgan AT 0038899 raqamli;

3. «Chinoz Umarjon Trans Servis» MChJga (Toshkent viloyati, Chinoz tumani) yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2016 yil 30 iyundan 2021 yil 29 iyungacha bo‘lgan AT 0038927 raqamli litsenziyalar.

(O’zbekistan avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi Avtomobil transportida yuklarni shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 10 martdagi 69-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech