Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 63

Litsenzyialarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar


«Success Trans Service» MChJga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2014 yil 18 iyundan 2019 yil 17 iyungacha bo‘lgan AT 0034335 raqamli litsenziyaning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 3 noyabrdan qayta tiklanadi.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasi qaroriga asosan).

Toshkent shahridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 6 noyabrdan tugatiladi:

1. «Avangard prom stroy» MChJga (Toshkent shahri, Chilonzor tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2013 yil 26 avgustdagi 618-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2013 yil 29 avgustdan 2018 yil 28 avgustgacha bo‘lgan AT seriyali 0031962 raqamli va yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2013 yil 29 avgustdan 2018 yil 28 avgustgacha bo‘lgan AT seriyali 0031963 raqamli;

2. «Grand star trans» MChJga (Toshkent shahri, Yashnobod tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2013 yil 5 iyundagi 595-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2013 yil 6 iyundan 2018 yil 5 iyungacha bo‘lgan AT seriyali 0030780 raqamli litsenziyalar.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar boshkarmasi Avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda hamda yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 6 noyabrdagi 907-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech