Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Dekabr 2017 0

Litsenzyialarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

Andijon viloyatidagi korxonalarga qarashli avtotransport vositalariga berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da belgilangan tartibga ko‘ra 2017 yil 30 noyabrdan tugatiladi:

1. «Orlando gold» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish uchun faoliyati uchun 2014 yil 19 dekabrda berilgan, amal qilish muddati 2019 yil 18 dekabrgacha bo‘lgan AT 0035502 raqamli;

2. Yakka tartibdagi tadbirkor Isroilov Abdulaziz Qobiljonovichga avtomobil transportida yuklarni shahar atrofida tashish faoliyati uchun 2015 yil 24 noyabrda berilgan, amal qilish muddati 2020 yil 23 noyabrgacha bo‘lgan AT 0037580 raqamli litsenziyalar.

(Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Andijon hududiy komissiyasining 2017 yil 30 noyabrdagi 381-sonli yig‘ilish qaroriga asosan).

Jizzax viloyatidagi korxonalarga avtotransport faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan quyidagi litsenziya varaqalarining amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi:

1. «Zomin Gulshani Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli GAZ 303021212 rusumli, 25Y442DA davlat belgili avtotransport vositasiga yuklarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2018 yil 19 yanvargacha bo‘lgan AT 2023453 raqamli;

2. «Go’zal Charosxon Sattarova» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ZiL 130 rusumli, 25B049CA davlat belgili avtotransport vositasiga yuklarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2017 yil 27 oktyabrgacha bo‘lgan AT 1883710 raqamli litsenziya varaqalari.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi Avtotransport sohasida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 30-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga asosan).

Farg‘ona viloyatidagi korxonalarga avtotransport faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi, litsenziatlarning arizalariga muvofiq, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 6 dekabrdan boshlab muddatidan oldin tugatiladi:

1. Qo‘qon shahridagi «Qo’qon taksi lider» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga:

– Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy komissiyasining 2014 yil 21 noyabrdagi 282-sonli majlis bayoni qaroriga asosan yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish va yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish uchun 2014 yil 21 noyabr kuni berilgan, amal qilish muddati 2019 yil 20 noyabrgacha bo‘lgan AT seriyali 0034754 va 0034755 raqamli;

– Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy komissiyasining 2015 yil 16 iyundagi 309-sonli majlis bayoni qaroriga asosan yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish uchun 2015 yil 23 iyun kuni berilgan, amal qilish muddati 2020 yil 22 iyungacha bo‘lgan AT seriyali 0036404 raqamli;

– O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Avtotransport sohasida shaharlararo va xalqaro tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2015 yil 6 martdagi 484-sonli majlis bayoni qaroriga asosan avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish uchun 2015 yil 9 mart kuni berilgan, amal qilish muddati 2020 yil 8 martgacha bo‘lgan AT seriyali 0036155 raqamli litsenziyalar – litsenziatning 2017 yil 5 dekabrdagi 17-sonli arizasiga binoan;

2. Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga:

– O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Avtotransport sohasida shaharlararo va xalqaro tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2016 yil 25 apreldagi 27-sonli majlis bayoni qaroriga asosan avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish uchun 2016 yil 25 aprel kuni berilgan, amal qilish muddati 2021 yil 24 aprelgacha bo‘lgan AT seriyali 0039492 raqamli litsenziya – litsenziatning 2017 yil 4 dekabrdagi 36-22/112-sonli arizasiga binoan.

(Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy komissiyasining 2017 yil 6 dekabrdagi 426-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech