Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"O’ztranssanoat" uyushmasiga qarashli bo‘lgan "O’ztranslizing" unitar korxonasi tomonidan yo‘nalishsiz taksilar uchun taksometr olib kelinganligini ma’lum qilamiz. Ushbu taksometr “O’zstandart” agentligi tomonidan sertifikatsiya qilinib, ro`yxatdan o‘tgan.

Taksometrlar uchun to`lov ikki xil yo‘l bilan: oldindan to‘liq to‘lov yoki lizing asosida (30 foizini oldindan to‘lab, qolgan qismini 1 yilda oyma-oy to‘lash sharti bilan) amalga oshiriladi.

Taksometrlarni o`rnatish a ularga servis xizmatini ro`rsatish uyushmaga qarashli "O`zaxborottrans" MChJ orqali amalga oshiriladi.

Murojaat uchun manzil: "O’ztranslizing" unitar korxonasi, A.Qodiriy ko‘chasi, 35-uy. Tel.: 241-81-67, 241-91-78.

“O’ztranssanoat” uyushmasi


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech