Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi “Xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi avtotransport vositalari uchun raqamli nazorat moslamalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 340-sonli Qarori bilan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari faoliyatiga doir Yevropa bitimida (YeSTR) O’zbekiston ishtirokidagi barcha majburiyatlarni bajaruvchi O’zbekiston Respublikasining vakolatli organi sifatida belgilangan.

O’zbekiston Respublikasining YeSTRdagi ishtirokiga doir majburiyatlarini bajarish maqsadida Agentlik tomonidan raqamli taxograflar uchun korxona va haydovchi kartalarini berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu munosabat bilan, tegishli kartalarni olishga talabgor jismoniy va yuridik shaxslar Agentlik tizimidagi Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash respublika markaziga (“ATRNTT Respublika markazi” DK) murojaat etishlari mumkin.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech