Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyuldagi "O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida"gi 296-son qarori bilan tashkil etilgan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organidir.

Agentlikning vazifalari va vakolatlari yuqorida qayd etilgan qaror, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 245-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-son qarori hamda boshqa qator hukumat qarorlari bilan belgilab berilgan.

Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini ta’minlash hamda avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O`zbekiston avtomobil transporti agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • avtomobil transporti ob’ektlari va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini
  • va innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti sohasida yagona texnika siyosatini yuritish;

  • avtomobil tashuvlarida normativ-xuquqiy va metodik bazani takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muammolar yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ xujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash choralarini inobatga olgan holda, qishloq aholi punktlarini, shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog‘lovchi yangi yo‘nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • yo‘lovchilarga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llab, avtovokzallar va avtostantsiyalar faoliyatini markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish;

  • avtovokzallar va avtostantsiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qaramog‘ida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashni tashkil etish;

  • tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘llarda harakatlanish tezligi monitoringi,  harakat yo‘nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda aholiga real vaqt tarzidagi ma’lumotlar xizmatining keng ko‘lamli ro‘yxati taqdim etilishi yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish;

  • tashuv yo‘nalishlarini tender asosida joylashtirish, yo‘lovchi tashishlari sifati va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, bu sohadagi amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o‘zaro ayirboshlash;

  • avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalariga amal qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash talablariga, og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishini nazorat qilish;

  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno);

  • avtomobil transportida, eng avvalo, transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil etish.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech