Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

IQTISODIYOT TARMOQLARI VA AHOLINING TASHUVLARGA BO`LGAN EHTIYOJLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA AVTOMOBIL TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISH, TRANSPORT XIZMATLARI BOZORIDA BOZOR MUNOSABATLARINI VA RAQOBAT MUHITINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI TA`MINLASH TO`G`RISIDAGI TAHLILIY MA`LUMOTLAR


Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning maqsadi - bu transport xizmatlarini ko‘rsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkiy shakldagi tashuvchilarni jalb etishdir.

Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida nodavlat sektorning yo‘lovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchilarga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishdagi ulushining deyarli 100 foizi va yuk tashishdagi ulushining 90 foizi ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlariga qarab baholash mumkin.

2018 yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 504.0 mln. tonna yuk va 2 mlrd. 819 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning shu davriga nisbatan tegishli ravishda 104.6 va 102.2 foizni tashkil etdi.

Yuk aylanmasi 6 mlrd. 488 mln. tonna km.ni (2017-yilga nisbatan 102.9 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 59 mlrd. 846 mln. yo‘lovchi km.ni (2017-yilga nisbatan 102.3 foiz) tashkil qildi.

Agarda avtomobil transporti faoliyatining oxirgi o‘n yil (2007-2017-yillar) davomidagi asosiy ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2018-yilning 9 iyida tashilgan yo‘lovchilar soni 2007-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,29 barobarga va yuk tashish hajmi 1,41 barobarga o‘sgan. 

Yuk tashish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq tadbirlar ko‘rilganligi natijasida, avtotransport vositalari bilan respublikada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishda, qurilish va obodonlashtirish hamda neft-gaz kompleksi qurilishi ishlarida yuklarini tashish hajmlari o‘smoqda.

2018-yilning 3-choragi yakuniga ko‘ra, barcha turdagi (temir yo‘l, havo, quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilagan tashuvlar hajmlari ichidagi avtomobil trasportining ulushi, yo‘lovchi tashishda 98.2 foizga va yo‘lovchi aylanmasining 90.1 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa tegishli ravishda 86.1 va 16.5 foizga teng.

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish hajmi dinamikasi 1-jadval (PDF. 199kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi hajmi dinamikasi 2-jadval(PDF, 227kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2012 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yuk tashish hajmi dinamikasi 3-jadval(PDF, 245kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yuk aylanmasi hajmi dinamikasi 4-jadval(PDF, 248kb)da keltirilgan.

Mamlakatimizda asosan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em O’zbekiston” QK, “Samavto” MChJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK zavodlari) hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l kelmoqda.

2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018-yilning 1-aprel holatiga yo‘nalishlar soni 2359 taga oshib, 4391 tani tashkil etdi. 

Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakillantirish va barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish bo‘yicha viloyat va shahar hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi Idoralararo Komissiya tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq tender tanlovlari orqali joylashtirilmoqda.

2018-yilning 9 oyi yakuni bilan jami 44 ta ochiq tender o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 440 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilgan. Shundan 53 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha 8 ta tender, 342 ta shahar atrofi va 39 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 35 ta tender, 6 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 1 ta tender o‘tkazildi.

Avtotrasport xizmatlari va servisni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan qishloq aholisiga ko‘rsatilayotganavtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivojlanmoqda, hisobot davrida ochilishi rejalashtirilgan 8 ta yo‘nalish o‘rniga 10 ta yo‘nalishning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

2018-yilning 1-oktabr holatiga O’zbekiston Respublikasida avtotransportda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tizimining rivojlanishi jadval(.exel, 56.5kb)da aks etgan.

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "ISUZU" rusumli avtobuslarini yo‘nalishlarga biriktirish ishlari davom ettirilmoqda.

2018-yilning 9 oyi mobaynida respublika bo‘yicha 11 ta tashuvchi tomonidan jami 78 ta (shundan 74 tasi “Isuzu” rusumli va 4 tasi “Youtong” rusumli avtobuslar xarid qilindi va yo‘nalishlarga joylashtirildi.

Avtoransport xizmatlari va servisni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivojlanmoqda. 

Hisobot davrida rejadagi 40 ta o‘rniga 57 ta (shundan 35 tasi avtobus yo‘nalishlari) yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun jami 326 ta, shu jumladan 102 ta avtobus, 11 ta mikroavtobus va 213 ta “Damas” rusumli avtotransport vositalari biriktirildi.

Shuningdek, korxona yoki tadbirkorlar tomonidan yil davomida avtovokzal va avtostantsiyalarni rekonstruktsiya qilish, qurish va jixozlash uchun kiritilgan investitsiyalar miqdori 4.3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2018-yilning 9 oyi davomida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 2208 ta litsenziya va 119253 ta litsenziya varaqalari berildi.
 
2018-yilning 1-oktabr holatiga litsenziyalangan avtomobillar soni 113927 tani tashkil etdi.

Agar, avtotransport sohasida litsenziyalashdan 2017-yilning 9 oyi yakuni bilan  33.2 mlrd. so‘mlik  davlat boji undirilgan bo‘lsa, 2018-yilning 6 oyi mobaynida 39.9 mlrd. so‘mlik davlat boji undirildi, o‘sish qariyib 20.2 foizni tashkil etdi. 

Hisobot davrida Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganligi uchun 81 ta korxonalarga tegishli 88 ta litsenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, sud qarorlariga asosan 15 ta tashkilotning 26 ta litsenziyasi 10 ish kundan ortiq muddatga to‘xtatilgan.

Me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha Agentlik tomonidan 2018-yil yanvar – iyun oylari davomida jami 14 ta (shundan 7 ta normativ – huquqiy va 7 ta normativ hujjat) ishlab chiqilib, amalga joriy etildi.

Shuningdek, 9 ta normativ – huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, shundan 3 tasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, 4 tasi tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun taqdim etilgan, 2 tasi Adliya vazirligi bilan kelishish uchun kiritilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech