Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi O’RQ-378-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonunining ijrosi doirasida, shuningdek jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.V.Ismoilov 2015-yil davomida Agentlikning hududiy bo’limlarida mahalliy jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilib, ularning ariza va shikoyatlarini o’rganadi. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq hududiy bo’limlarda qabul quyidagi kunlarga belgilangan:

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 23-yanvar;

Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’limida – 2015-yil 19-fevral;

Xorazm viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 20 fevral;

Buxoro viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 2-aprel;

Samarqand viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 8-aprel;

Navoiy viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 29-may;

Andijon viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 17-iyun;

Farg’ona viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 18-iyun;

Namangan viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil-19 iyun;

Jizzax viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 31-iyul;

Sirdaryo viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 21-avgust;

Qashqadaryo viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 19-noyabr;

Surxondaryo viloyati hududiy bo’limida – 2015-yil 20-noyabr.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati


Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech