Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari to‘g‘risida”gi 106-son qarori bilan “Tovarlar va transport vositalarini yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) qoidalari tasdiqlangan.

Mazkur Qoidalarga ko‘ra yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan va bojxona to‘lovlari to‘lamasdan O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtinchalik chetdan olib kelinadigan va O’zbekiston Respublikasi hududidan vaqtinchalik chetga olib chiqiladigan tovarlar qatorida “transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududiga va O’zbekiston Respublikasi hududidan yo‘lovchilar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari” ham sanab o‘tilgan. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan transport vositalari xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Shunda ushbu ko‘rsatilgan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarni vaqtinchalik olib kelishga transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilgan holda ruxsat etiladi.

Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati tugagach, ko‘rsatilgan tovarlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki O’zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.

Xuddi shuningdek, “vaqtinchalik chetga olib chiqiladigan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek yo‘lovchilar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari” ham, agar ko‘rsatilgan transport vositalari O’zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan va bojxona to‘lovlari to‘lamasdan O’zbekiston Respublikasi hududidan vaqtinchalik chetga olib chiqiladigan tovarlar qatoriga kiradi.

Bunda ham ushbu tovarlarni vaqtinchalik chetga olib chiqish uchun transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ruxsat beriladi.

Vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati tugagach, ko‘rsatilgan tovarlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinishi yoki O’zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq bojxona rejimiga qo‘yilishi kerak.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi


Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech