Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O’zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 2013-yil 11-apreldagi 24/3-3127-son xatida ma’lum qilinishicha, ayrim tashuvchilar tomonidan transport vositalarini, jumladan, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalarini ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l harakati qoidalari»ning 3-ilovasi 7.9-bandini buzgan holda yo‘nalishga chiqarib yuborish holatlari qayd etilmoqda. Zero, yuqorida qayd etilgan moddaga ko‘ra yong‘in o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi bilan jihozlanmagan avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Shuni inobatga olgan holda yo‘nalishga chiqarish oldidan avtotransport vositalarini kunlik texnik va haydovchilarni kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan, avtotransport vositalarining yong‘in o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi bilan jihozlangan holda bo‘lishini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratishingizni va bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rishingizni so‘raymiz.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi


Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech